Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘rtachirchiqdagi YTHda jabrlangan bolalar haqida ma’lumot berdi
Joriy yil 29 aprel kuni soat 01.44da O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi 4R20 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida «Mersedes-bens» rusumli avtobus yo‘ldan chiqib ketib, avtohalokatga uchragani haqda xabar qilgan edik.
YTH oqibatida avtobus ichida 53 ta yo‘lovchidan 27 nafari turli darajada tan jarohati olgan. Jarohatlanganlarga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlarga mos ravishda zudlik bilan tekshiruvlardan o‘tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Ulardan 19 nafariga ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Yana 2 nafari Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uyiga ruxsat berilgan. Ular potranaj xizmatiga nazoratiga olingan. Qolgan 6 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Travmatologiya va Shoshilinch xirurgiya bo‘limlariga yotqizildi. Ularning ikki nafari: 54 yoshli Asqad Kobilov va 2,5 yoshli Robiya Ma’murboyeva muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Ayni paytda jarohatlangan bemorlar o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda.
Bundan tashqari, ushbu yo‘l transport hodisasi ishtirokchisi bo‘lgan barcha yo‘lovchilarning xonadonlariga borildi, ahvolidan xabar olinib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari tashkil etilgan.
Barcha bemorlar Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter