Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutiga yangi direktor tayinlandi

Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutiga yangi direktor tayinlandi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Abdurahmon Abdumavlyanovich Qayumov Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Unga birinchi navbatda, mazkur institutni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash,  gematologiya sohasidagi kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olishning yanada ratsional usullarini amalda qo‘llash, qon tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolash va konsultativ yordam ko‘rsatish, sohadagi innovatsion va zamonaviy samarali davolash usullari hamda ilmiy ishlar natijalarini tatbiq qilish, qon tizimi kasalliklarining diagnostikasi, epidemiologiyasi va profilaktikasi masalalarini o‘rganish kabi muhim vazifalar yuklangan.

Abdurahmon Qayumov, shuningdek, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, bu borada xorijning nufuzli muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, hududlardagi gematologiya bo‘limlariga metodik yordam ko‘rsatish, qon tizimi kasalliklarining oldini olish va davolash masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish kabi yo‘nalishlarga ham mas’ul etib belgilandi.

A.Qayumov bugungacha Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti klinikasi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring