Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘kong‘ich boshliqqa chora ko‘rildi

So‘kong‘ich boshliqqa chora ko‘rildi

Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i «zoom» orqali yig‘ilish o‘tkazib, xodimlarini haqoratlagani haqidagi video tarqaldi. Ushbu holat Kadastr agentligining odob-axloq komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 3 may kuni Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda bo‘lim boshliqlari ishtirokida hududda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish bo‘yicha belgilangan vazifalarni ijrosini bajarilishi hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yuborilgan murojaatlarni o‘z vaqtida sifatli ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tahliliy, tanqidiy yig‘ilish jarayonida sodir bo‘lgan.

Boshqarma boshlig‘i yig‘ilish davomida xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qilish vaqtida asablarini jilovlay olmagan.

«Agentlik tomonidan boshqarma boshlig‘iga nojo‘ya so‘zlarni ishlatgani uchun «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi hamda tushuntirish ishlari olib borildi.

Bunday holatlarni oldini olish va bu kabi xatoga yo‘l qo‘yilmaslik yuzasidan tizimdagi barcha tashkilot va hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Kadastr agentligi bu kabi holatlarni o‘z holiga tashlab qo‘ymaydi. Xodimlarning ishchanlik kayfiyatiga hamda  mehnat samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan holatlar jiddiy nazoratga olinadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari qo‘llaniladi», deyiladi munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring