Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliq huquqbuzarligi haqida xabar berganlarga 5 oyda qancha mukofot puli berilgani aytildi

Soliq huquqbuzarligi haqida xabar berganlarga 5 oyda qancha mukofot puli berilgani aytildi

2023-yil yanvar-may oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 61 286 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

  • 57 202 tasi xarid cheki bermaslik;
  • 2 435 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
  • 97 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
  • 1 552 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha.

Murojaatlarning 34 412 tasi takroriy bo‘lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

Murojaatlar asosida 22 569 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 99,6 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Natijada, huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2023 yil davomida to‘langan mukofot summalari 21 942 ta holat bo‘yicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 10,9 mlrd so‘mga yetdi. 

Hududlar kesimida eng ko‘p mukofot pullari Toshkent shahri (3,4 mlrd so‘m) hamda Samarqand (1,3 mlrd so‘m), Toshkent (975 mln so‘m) va Qashqadaryo (955 mln so‘m) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring