So‘nggi 22 oy ichida G‘azoda 18 mingdan ortiq bola halok bo‘ldi – UNICEF

Payshanba kuni Lissabon G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinlik bolalar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Shahar markazidagi maydonda qurolli mojaro qurbonlarining ismlari baland ovozda o‘qildi.
«Bu portugaliyalik faollar HAMAS va Isroil o‘rtasidagi urush fonida ko‘tarayotgan bir qancha tashabbuslardan biri xolos», – deb yozmoqda Euronews.
Namoyishning aksariyat ishtirokchilari sodir bo‘layotgan voqealarni «Isroil tomonidan uyushtirilgan genotsid» deb baholashlarini bildirgan. Fuqarolar G‘azoni og‘ir gumanitar inqirozdan himoya qilish va hukumatning Falastin davlatini tan olishi uchun ko‘proq harakat qilishga chaqirilmoqda.
UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 22 oy ichida G‘azo sektorida 18 mingdan ortiq voyaga yetmaganlar halok bo‘lgan.
Manba: ru.euronews.com
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter