Sooronbay Jeenbekov Toshkentga keldi

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bugun, 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter