Sovuq havo o‘z ta’sirini saqlab turadi — «O‘zgidromet»
O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 19-23 fevral kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.
O‘tgan hafta oxirida O‘zbekiston hududiga kirib kelgan sovuq havo massasi o‘z ta’sirini saqlab turadi.
Ushbu hafta davomida havo harorati asosan kechalari 3-8 daraja sovuq, shimolda 7-12 daraja sovuq, ba’zi joylarda 16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 19-20 fevralda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 21-23 fevralda 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Ertaga 2 fevralda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida biroz qor yog‘ishi mumkin.
21-23 fevral kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Poytaxtimizda bugun kunduzi, shuningdek 20 fevralda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. 21-23 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 19-20 fevralda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 21-23 fevralda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter