Sovuq havo massalari O‘zbekistonga ta’sir ko‘rsatishda davom etadi
Meteorologlar ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hafta davomida ham ob-havoning keskin ilishi kuzatilmaydi.
Bugun O‘zbekiston hududiga sovuq antitsiklon periferiyasi ta’sir etib turadi. Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 3° sovuq-2° iliq atrofida, ayrim joylarda 2° sovuqgacha bo‘ladi.
Ish haftasining oxirigacha sovuq havo massasining ta’siri saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 25-yanvarda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.
Kechalari havo harorati 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15-17° sovuqgacha, kunduz kunlari 3° sovuq-2° iliq, ba’zi joylarda 5° sovuqgacha atrofida bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.
Respublika yo‘llarida ayrim joylarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter