Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘xda 17 yoshli hujjatsiz haydovchi YTHga uchradi

So‘xda 17 yoshli hujjatsiz haydovchi YTHga uchradi

8-mart kuni Farg‘ona viloyati, So‘x tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida, bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan haydovchilar, 1969-yilda tug‘ilgan V.M. boshqaruvidagi hamda 2005- yilda tug‘ilgan F.I. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida, ikki haydovchi hamda yo‘lovchilar J.A. va A.Q.lar tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan So‘x tumani IIB YHXG mas’ul xodimi tomonidan surishtiruv olib borilib, tegishli hujjatlar to‘plangan.

O‘rganish davomida fuqarolarning tan jarohati bo‘yicha tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasi o‘rganilib, ushbu YTHda Jinoyat Kodeksining 266-moddasida ko‘rsatilgan jinoyat tarkibi mavjud emasligi aniqlangan. Surishtiruv davomida haydovchi V.M. mast holda avtomobil boshqarganligi aniqlangan va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 131- va 133-moddalari tartibida, shuningdek, haydovchi F.I. haydovchilik guvohnomasisiz avtomobil boshqarganligi aniqlangan va unga nisbatan mazkur Kodeksning 135-moddasi 2-qismi tartibida to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha So‘x tumani sudiga yubrilishi chorasi ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring