Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘xda kambag‘allikni qisqartirishga mas’ul mutasaddi tayinlandi

So‘xda kambag‘allikni qisqartirishga mas’ul mutasaddi tayinlandi

So‘x tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bӯyicha birinchi ӯrinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bӯlimi boshlig‘i tayinlandi. Ushbu lavozimda Botirov Mamurjon ish boshladi.

Botirov Mamurjon Shokiraliyevich - 1968 yil 29 iyul kuni Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan.

Mehnat faoliyatini 1985 yili So‘x davlat xӯjaligi ishchisi vazifasidan boshlagan. 1986 -1987 yillar - Farg‘ona shahar maishiy xizmat uyi ishchisi, 1990 yili — «O‘zsabzavotnavurug‘liklari» So‘x davlat xo‘jaligi Markaziy apparati statisti,1990-991 yillar - So‘x davlat xo‘jaligi agronomi, 1991-1997 yillar - So‘x tuman Shaxsiy yordamchi xo‘jalik egalari assotsiatsiyasi rais o‘rinbosari, 1997-1998 yillar - ushbu dargoh raisi,1998-2001 yillar- So‘x tuman Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi raisi, 2002-2005 yillar - So‘x tuman Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar Palatasi raisi, 2005-2017 yillar - So‘x tuman «So‘xsavdoinvest» MChJ boshqaruv raisi, 2017 – 2020 yillar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining So‘x tumani Xalq qabulxonasi mudiri vazifalarida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring