Soxta dollar Toshkent ostonasida to‘xtatib qolindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda «Erkin» YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda fuqaro A.J. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, ushbu fuqaro jami 89 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki 8 900 AQSh dollarini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter