Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soxta «DXX xodimi» qo‘lga olindi

Soxta «DXX xodimi» qo‘lga olindi

Surxondaryoda o‘zini davlat organi xodimiman deb firibgarlik qilib yurgan shaxs IIB xodimlari tomonidan ushlandi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 31 mart kuni Boysun tumanida yashovchi, E.Eshonqul (ism-shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yil boshida, Jizzax viloyatida yashovchi, S.Asqar o‘zini «O‘zbekiston Respublikasi DXX xodimi» deb tanishtirib, Toshkent shahridagi «Toshkent Siti» dahasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan birini olib berishini aytib, 22 fevral kuni 700 AQSh dollar, 7 mart kuni avtomashina olib berishini aytib, 400 AQSh dollar pullarini olganligini, hozirgi kunga qadar ushbu pullarni qaytarib bermayotganligini bildiradi.

Mazkur ariza yuzasidan, Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, S.Asqar fuqaro E.Eshonquldan olib berishi kerak bo‘lgan uyning hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishligini aytib, aldab 300 AQSh dollari va 1.100.000 so‘m pullarni olgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan va ashyoviy dalillar olingan.

2 aprel kuni S.Asqarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring