Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘z erkinligiga mas’ul agentlik qayta tuziladi

So‘z erkinligiga mas’ul agentlik qayta tuziladi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati xalqaro tashkilotlarning so‘z va matbuot erkinligi sohasidagi tavsiyalari asosida qayta tashkil qilinadi.

Bu haqda «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasida so‘z boradi.

Loyihaga fuqarolarning axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish madaniyatini oshirish, shaxsiy va sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni Internet tarmog‘ida oshkor qilish bilan bog‘liq daxlsizlik huquqi buzilishining oldini olish kabi masalalar ham kiritilgan.

So‘z erkinligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda O‘zbekiston maqtangulik darajada emas. 2021 yildagi ko‘rsatkich oldingi yillardagi holatlarni yo‘qqa chiqarib, ancha pastga tushib ketgandi.

Natijada Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov bunga o‘z munosabatini bildirib, so‘z erkinligiga mas’ul tashkilotlarga qo‘shtirnoq ichida «rahmat» aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring