«Spark» avtomobili bilan 12 metr balandlikdan «Bo‘zsuv» kanaliga qulagan ayol omon qoldi

Joriy yilning 1-iyul kuni soat taxminan 12:30larda Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro I.N. «Spark» rusumidagi avtomobili bilan «Bo‘zsuv» kanaliga tushib ketgan. Bu haqda FVV xabar berdi.
Hodisaga aniqlik kiritilganda, fuqaro mashina boshqaruvi vaqtida to‘satdan hushidan ketgani ma’lum bo‘lgan. Natijada, 12 metr balandlikdan chuqurligi 5 metr bo‘lgan «Bo‘zsuv» kanaliga qulagan. Mashina suvga to‘lgandan so‘ng, N.I. darz ketgan old oyna orqali chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, mashinani kanaldan chiqarib olishgan. Bu haqida fuqaro N.I. o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ko‘rsatilgan yordam uchun vazirlik vakillariga minnatdorlik bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter