Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Spirtli ichimlik bo‘yicha keng tarqalgan fikr xato deb topildi

Spirtli ichimlik bo‘yicha keng tarqalgan fikr xato deb topildi

Germaniya oziq-ovqat jamiyati spirtli ichimliklar bo‘yicha yangi tavsiya e’lon qildi. Mutaxassislar bu borada keng tarqalgan fikr xato ekanini ta’kidlamoqda, deb xabar berdi DW.

Yevropa xalqlarida taomlanish payti musallas yoki pivo ichish urfga kirgan. Umuman, hozirga qadar oz miqdorda alkogol ichish salomatlikka ziyon keltirmaydi, degan qarash hukmron bo‘lib kelmoqda. Germaniyalik tadqiqotchilar ushbu qarashni rad etib, spirtli ichimlikning bir qultumi ham zararli degan xulosani e’lon qilishdi.

Sharobga ruju qo‘yish jinoyatlarga sabab bo‘lishi ma’lum. Olimlarning ogohlantirishicha, alkogol saraton, jigar, yurak-qon tomir xastaliklariga chalinish xavfini oshiradi. Spirtli ichimlik inson umrini kamaytirish barobarida, uning ishchanlik qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

«Spirtli ichimliklardan butunlay parhez qilishni tavsiya etamiz. Alkogolga odatlanganlarga esa qonda yuqori konsentratsiya va surunkali mayxurlikdan ehtiyot bo‘lish lozimligini eslatamiz. Bu tavsiya, ayniqsa, yoshlarga taalluqli. Bolalar, o‘smirlar, homilador va emizikli ayollar esa bir qultum ham alkogol ichmasligi kerak», — dedi Germaniya oziq-ovqat jamiyati direktori Kiran Virmani.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring