Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sport vazirligi o‘tkazayotgan chellenjning navbatdagi g‘oliblari ham aniqlandi

Sport vazirligi o‘tkazayotgan chellenjning navbatdagi g‘oliblari ham aniqlandi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenjiga 10-14 aprel kunlari oralig‘ida ikki mingga yaqin videomateriallar kelib tushdi.

Chellenj g‘oliblarini aniqlash va taqdirlash bo‘yicha Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra bu safar quyidagi videoroliklar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin: Toshkent shahar Xadra mavzesida istiqomat qiluvchi Saidovlar xonadoni a’zolari tomonidan yuborilgan videorolik. Rolikda ishtirok etgan Ubayda va Ruxsoraxonlar Toshkent shahar suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari, Komronbek esa bog‘cha tarbiyalanuvchisi;

2-o‘rin: Navoiy viloyati, Karmana tumani Islom Karimov ko‘chasida istiqomat qiluvchi Xolmurodovlar oilasi;

3-o‘ringa bu safar ham biryo‘la ikkita videorolik sazovor bo‘ldi. Bular – Toshkent shahar, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Faxriddinovlar oilasi hamda figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston o‘smir qizlar terma jamoasi. Jamoa a’zolari:

Saliyeva Laziza – sport ustaligiga nomzod,

Svobodina Darya – sport ustaligiga nomzod,

Mezenseva Alena – sport ustaligiga nomzod,

Sulaymonova Amaliya – 1-toifali sportchi.

Ularning treneri – Ellita Ivanovna Avanesyan

Chellenjda 1-o‘rinni egallaganlar yugurish yo‘lakchasi, 2-o‘rin sohiblari velo trenajyor hamda 3-o‘rinni qo‘lga kiritganlar esa chang‘i trenajyori bilan taqdirlanishadi.

Aziz yurtdoshlar, chellenjimiz davom etmoqda. Unda siz ham faol ishtirok eting hamda sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring