Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sport vazirligi uyushtirgan chellenj yakuniga yetdi, g‘oliblar taqdirlandi

Sport vazirligi uyushtirgan chellenj yakuniga yetdi, g‘oliblar taqdirlandi

6 aprel – Taraqqiyot va tinchlik yo‘lida Xalqaro sport kuni munosabati bilan tashkil etilgan #uydaqol #hayotgaqo‘shil #sportchallenge chellenjining ikkinchi fasli ham yakuniga yetdi.

Karantin davrida yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilgan ushbu aksiya vatandoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Buni chellenjga yurtdoshlarimiz 10 mingdan ortiq videoroliklar yuborishganidan ham bilish qiyin emas.

Chellenj shartlariga ko‘ra, yurtdoshlarimiz uy sharoitida va oila a’zolari davrasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni targ‘ib qilishlari kerak edi. Tanlovga kelib tushgan aksariyat videoroliklarda butun oila a’zolari qatnashganligini inobatga olsak, chellenjga kamida 20 ming, balki undan ham ko‘proq yurtdoshlarimiz qamrab olindi.

Kecha yakunlangan chellenjning ikkinchi fasl so‘nggi turiga ham mingga yaqin video kelib tushdi. Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra bu safar quyidagi videoroliklar g‘oliblikka munosib ko‘rildi:

1-o‘rin: Toshkent shahar, Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi Ahmadboboyevlar oilasi
2-o‘rin: Navoiy viloyati, Nurota tumani, Mustaqillik mahallasida yashovchi Hayitovlar oilasi
3-o‘rin (ikkita): Toshkent viloyati, Qibray tumanida istiqomat qiluvchi Normo‘minovlar oilasi hamda Buxoro shahrida yashovchi Islomovlar oilasi.

#uydaqol #hayotgaqo‘shil #sportchallenge chellenji yakuniga yetgan bo‘lsa-da, sport ixlosmandlari aslo zerikib qolishmaydi. Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan e’lon qilingan yangi aksiya – shaxmat bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida birinchi onlayn O‘zbekiston chempionatiga start beriladi.

Shunday ekan, sport bilan o‘yinda qoling!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring