Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sportchi to‘yi kuni kelin va uning yaqinlarini otib tashladi

Sportchi to‘yi kuni kelin va uning yaqinlarini otib tashladi

Tailandlik paralimpiyachi Chaturong Suksuk to‘y paytida o‘zi uylanayotgan qiz va yana uch kishini otib o‘ldirdi.

BBC xabar berishicha, 29 yoshli sportchi voqea sodir bo‘lishidan biroz oldin marosimni qattiq mast holatda tark etgan. Keyin u qurol bilan qaytib kelib, o‘z joniga qasd qilishdan oldin kelin, uning onasi, singlisi hamda mehmonlardan birini otgan. Bunga nima sabab bo‘lgani noma’lumligicha qolmoqda.

Tailand OAVlari to‘y chog‘ida er-xotin janjallashgani haqida xabar bergan.

Suksuk sobiq harbiy xizmatchi. Qayd etilishicha, u o‘tgan yili qonuniy yo‘l bilan qurol va o‘q-dorilarni sotib olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring