Sportchilar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashmoqda (foto)

Joriy yilning 27 aprel oqshomida qo‘shni Turkmaniston orqali yurtimizga kirib kelgan kuchli shamol Buxoro viloyati katta talofat ko‘rgandi.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish yo‘lida Buxoro viloyatida nafaqat mahalliy aholi, balki mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan ko‘ngillilar ham bir tanu bir jon bo‘lib mehnat qilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan buxorolik 150 nafar sportchi va trenerlardan tashkil topgan «Ko‘ngilli sportchilar» guruhi ham tabiiy ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rgan Buxoro viloyatining Olot hamda Qorako‘l tumanlaridagi mahalliy aholining turar joylari, shuningdek jismoniy tarbiya va sport inshootlarini ta’mirlash ishlariga yaqindan ko‘maklashmoqda. Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari Nodir Murotov ham shu kunlarda Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi va mazkur jarayonning qanday borayotganini nazorat qilib bormoqda.
Bu jarayonda «Ko‘ngilli sportchilar» guruhi a’zolari karantin qoidalariga qat’iy amal qilib, yurtdoshlarimizning og‘irini yengil qilishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Ular tabiiy ofatlar oqibati to‘liq bartaraf etilguncha ishlashda davom etadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter