Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sputnik M» vaksinasini olgan ko‘ngilli o‘smirlarga pul to‘lanadi — Rossiya

«Sputnik M» vaksinasini olgan ko‘ngilli o‘smirlarga pul to‘lanadi — Rossiya

O‘smirlar uchun «Sputnik M» vaksinasi sinovi ishtirokchilari 15 ming rubl miqdorida pul kompensatsiyasi oladilar. Bu haqda Interfaks ma’lum qilmoqda.

«500 nafar ishtirokchiga birinchi, 28, 42, 90 va 180 kunlarda qo‘shimcha ravishda immunogenlik qon testini topshirish taklif etiladi. Immunogenlik uchun qon topshirgan emlangan ko‘ngillilarga 15 ming rubl miqdorida pul kompensatsiyasi, shuningdek, platsebo olgan barcha ishtirokchilarga 15 ming rubl miqdorida pul to‘lanadi», — deya ta’kidlagan agentlik manbasi.

Tadqiqotning uchinchi bosqichi doirasida 3000 nafar ko‘ngillidan 2400 nafari emlanadi, yana 600 nafari esa platsebo oladi.  Vaksina yoki platsebo yuborilishi tasodifiy tashkillashtiriladi.  Birinchi va ikkinchi komponentdan so‘ng, ularning o‘zlarini qay holatda his etayotganligini aniqlash uchun barcha ishtirokchilar bilan aloqa o‘rnatiladi.

«Birinchi komponent tanaga yuborilganidan so‘ng 28-kuni barcha ko‘ngillilar elektrokardiogramma, koagulogramma, qonning klinik va biokimyoviy tahlili va umumiy siydik tahlilidan o‘tadilar. Shu kuni har bir ko‘ngilliga unga vaksina yoki platsebo yuborilganligi haqida xabar beriladi. Platsebo olganlar o‘rganish rejasiga muvofiq kuzatishni davom ettirish uchun «Sputnik M» bilan emlanadi», – deya ta’kidlaydi bo‘lim.

24 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun «Sputnik M» vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazgandi.

Gam-Kovid-Vak M (Sputnik M) vaksinasi asl Sputnik V bilan bir xil platformaga asoslangan va 21 kunlik interval bilan ikkita komponent bilan bir xil tarzda qo‘llaniladi.

Shu bilan birga, 12 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar faqat ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan, 15 yoshdan boshlab esa faqat o‘smirning yozma ravishda xabardor qilingan ixtiyoriy roziligi bilan koronavirusga qarshi emlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring