Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV jabrlanuvchi qizning salomatligi haqida ma’lumot berdi

SSV jabrlanuvchi qizning salomatligi haqida ma’lumot berdi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jabrlanuvchining salomatligi jiddiy nazoratga olingani qayd etildi. Unga barcha zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatilyapti va muolaja jarayonlari davom etmoqda.

Bemor M. K. joriy yilning 18 oktyabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Tezkor tekshiruvlar natijasida unga katatravma, qo‘shma jarohat, o‘ng o‘tirgich va qov suyaklarining sinib siljishi,  quymuch suyagining o‘ng tomonda sinib qoniqarli turishi, beshinchi bel umurtqasi yon o‘sig‘ining sinib qoniqarli turishi, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, peshona sohasi ezilib yirtilgan jarohati, travmatik shok ikkinchi darajasi tashxislari qo‘yilgan.

Bemor olib kelinganida peshona sohasiga birlamchi jarrohlik ishlovi berilib, tikilgan. Shokka qarshi amaliyotlar o‘tkazilib, markazning  travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Shundan so‘ng mazkur bo‘limda belgilangan standartlar asosida unda qator terapiya amaliyotlari bajarilgan.

Shuningdek, har kuni jarohatiga xirurgik ishlov berilgan. Uch kun davomida dinamikada UZI qilingan. Qon tahlillari tekshirilgan. Qo‘shimcha mutaxassislar jalb qilingan.

Hozir bemorning dinamikada ahvoli qoniqarli. Respublika shoshilinch  tibbiy yordam ilmiy markazining tajribali shifokorlari tomonidan muolajalar davom ettirilmoqda.

Avvalroq, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 3-kurs talabasini dekan o‘rinbosari o‘z xonasida zo‘rlashga uringani, so‘ng qarshilik ko‘rsatgani uchun derazadan itarib yuborgani haqida xabar berilgandi. Holat prokuratura tomonidan o‘rganilayotgani aytilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring