SSV: koronavirus bo‘yicha ahvol yaxshilanib bormoqda

2021-yil 28-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 154844 (+811) nafarni tashkil etmoqda. Bu so‘nggi kunlardagi eng past ko‘rsatkichlardan biridir.
Yangi kasallanish holatlarining:
79 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
32 nafari Andijon viloyatida,
19 nafari Buxoro viloyatida,
23 nafari Jizzax viloyatida,
19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
16 nafari Navoiy viloyatida,
25 nafari Namangan viloyatida,
76 nafari Samarqand viloyatida,
22 nafari Sirdaryo viloyatida,
30 nafari Surxondaryo viloyatida,
84 nafari Farg‘ona viloyatida,
29 nafari Xorazm viloyatida,
118 nafari Toshkent viloyatida,
239 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1070 nafarni tashkil qildi.
28 avgust kuni 322 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 23161 nafarga yetdi. Kecha ularning 329 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 15697 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 166 nafarga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter