Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV nega ayrim hollarda «Tez yordam» kechikayotganini izohladi

SSV nega ayrim hollarda «Tez yordam» kechikayotganini izohladi

Foto:«Xabar.uz»

Joriy yilning 11 oyi davomida umumiy murojaatlarning 2,3 foiz holatlarda chaqiriqqa kechikib kelish holatlari yuz bergan. Bu haqda SSV matbuot kotibi axborotida ma’lumot berildi.

Mutaxassislarning fikricha, bunga bir tomondan murojaatlar soni ko‘pligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan aksariyat holatlarda yo‘llarda «tez yordam» mashinasiga yo‘l berilmaslik, asossiz va yolg‘on chaqiriqlar bilan bog‘liq holatlar sabab bo‘lmoqda.

Birgina joriy yilning 11 oyi davomida ushbu xizmatga 94 mingdan oshiq shoshilinch bo‘lmagan holatlardagi murojaatlar, 133 mingga yaqin natijasiz chaqiriqlar hamda surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlardan 832 mingga yaqin qo‘ng‘iroqlar kelib tushgan.

Taraqqiy etgan xorijiy davlatlarda yo‘llarda «tez yordam» mashinalari uchun alohida yo‘laklar barpo etilgan. Bu yo‘llar doimo ochiq turadi. Shu bilan birga, «tez yordam»ga yo‘l bo‘shatib berish bo‘yicha haydovchilarda shaxsiy mas’uliyat juda yuqori.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring