SSV tizimida yangi tayinlov amalga oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Mo‘minov Solijon Jalilovich Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali direktori etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Tibbiyot fanlari nomzodi Solijon Mo‘minov ko‘p yillar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Namangan filialida reanimatsiya bo‘limi vrach-kardioreanimatologi, kardiologiya bo‘limi vrach-kardiologi, yurak aritmiyasi bo‘limi boshlig‘i, muassasa bosh vrachi kabi qator vazifalarda ishlagan, 2014-yildan beri Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Solijon Mo‘minov 2010-2014, 2015-2019-yillarda Oliy Majlis Senati a’zosi sifatida ham faoliyat olib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter