Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV «16» va «Ibn Sino» klinik shifoxonasi bo‘yicha xabarlarga oydinlik kiritdi

SSV «16» va «Ibn Sino» klinik shifoxonasi bo‘yicha xabarlarga oydinlik kiritdi

Foto:«Gazeta.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (xalq tilida «16» deyiladi) va Toshkent shahar «Ibn Sino» nomli 1-son klinik shifoxonasi (1-gorbolnitsa) karantin tufayli yopilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan izoh berib o‘tdi. 

Unga ko‘ra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bir bo‘limidagi shifokor o‘zida koronavirus infeksiyasiga shubha qilganligi bois, o‘sha bo‘lim ehtiyot chorasi sifatida ma’lum muddat karantinga olingan. Ammo ixtisoslashgan tahlillar natijasi shifokorda ushbu infeksiya yo‘qligini ko‘rsatgandan keyin markaz bo‘limidagi karantin tartibi bekor qilindi. Ayni paytda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi odatdagidek, uzluksiz faoliyat ko‘rsatmoqda.

1-son shahar klinik shifoxonasida esa koronavirusga gumon qilinib, keyinchalik Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida ushbu tashxis tasdiqlangan fuqaro o‘zini Turkiyada bo‘lganligini yashirib, ma’lum vaqt shu shifoxonada bo‘lgan. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bu ayni o‘sha paytda mazkur shifoxonada koronavirus tarqaldi, degan yakuniy xulosa emas. Faqat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablariga muvofiq ravishda va qat’iy ehtiyot chorasi sifatida ushbu shifoxona ma’lum muddat karantinga olindi. Yaqin kunlarda davolash ishlari yana o‘z iziga tushiriladi.

Sog‘liqni koronavirus bilan bog‘liq yangiliklar berib borilayotganini ta’kidlab, saqlash vazirligi aholidan turli mish-mishlarga ishonmasliklarini so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring