Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSVda yangi muassasa tashkil etiladi

SSVda yangi muassasa tashkil etiladi

Foto: Xabar.uz

«Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Qarori (PQ-38-son, 22.01.2024 y) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasida davlat muassasasi shaklida «Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi» loyiha ofisi tashkil etiladi.

Loyiha ofisi quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga mas’ul etib belgilandi, jumladan:

  • davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini va davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini to‘liq joriy etish;
  • tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligi ustidan nazorat tizimini takomillashtirish;
  • davlat xaridlari samarasi va shaffofligini oshirish, farmatsevtika sohasini isloh qilish;
  • sanitariya qoida va normalarini zamonaviy talablar asosida yangilash.

2024 yilda:

  • 40 ta sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi va xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi;
  • respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya, kardiologiya, endokrinologiya, dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Bolalar milliy tibbiyot markazi hamda Milliy tibbiyot markazining faoliyatiga zamonaviy boshqaruv usullari va tibbiy yordam xavfsizligi va sifatining yuqori standartlari joriy etiladi hamda ular xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring