Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yili eng ko‘p uzum yetishtirgan viloyat nomi ma’lum qilindi

O‘tgan yili eng ko‘p uzum yetishtirgan viloyat nomi ma’lum qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil davomida respublikamizda 1,6 mln. tonna uzum yetishtirildi. 

Bu o‘tgan yilga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur’ati 102,2% ga teng. Uzum yetishtirish bo‘yicha Samarqand viloyati yaqqol yetakchi - 555,0 ming tonna. 

Hududlar kesimida yetishtirilgan uzum hajmi:

- Qoraqalpog‘iston R. – 10,2 ming
- Andijon – 88,2 ming
- Buxoro – 208,3 ming
- Jizzax – 28,0 ming
- Qashqadaryo – 93,8 ming
- Navoiy – 78,9 ming
- Namangan – 130,9 ming
- Samarqand – 555,0 ming
- Surxondaryo – 95,5 ming
- Sirdaryo – 13,1 ming
- Toshkent – 115,3 ming
- Farg‘ona – 177,0 ming
- Xorazm – 45,0 ming tonna

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring