Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Stress sharoitida samolyotni ayollar yaxshiroq boshqaradi — tadqiqot

Stress sharoitida samolyotni ayollar yaxshiroq boshqaradi — tadqiqot

Foto: Vietnam.vn

Kanadaning Vaterloo universiteti parvoz tajribasi nisbatan oz (300 soatgacha) bo‘lgan 20 nafar uchuvchi (10 erkak va 10 ayol) bilan tajriba o‘tkazdi.

Ko‘ngillilar maxsus ko‘zoynaklarni taqib, samolyotning reallik simulyatorida qo‘nish bo‘yicha 9 ta topshiriqni bajarishdi. Har bir ssenariyda uchuvchilarning ko‘z harakatlari, ularning, masalan, kutilmaganda dvigatel ishlamay qolishi kabi holatlarda o‘zlarini qanday tutishi kuzatib borildi.

Qolaversa, vaziyatdan xabardorlik (SA) — uchuvchilarning atrofdagi voqealarni ko‘ra olish va tushunish qobiliyati baholandi.

«Natijalarga ko‘ra, uchuvchi ayollarda qo‘nish chog‘ida nisbatan barqarorlik kuzatildi, avariya ssenariysida ko‘rsatmalarni tezroq uddalashdi, ularning SA darajasi ham yuqori, faqat ko‘z harakatlari ko‘rsatkichlarida farq deyarli sezilmadi. Dastlabki ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, uchuvchi ayollar stress sharoitida topshiriqlarni samaraliroq uddalashadi», — deyiladi Proceedings of the 2025 Symposium on Eye Tracking Research and Applications jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring