Ichki sayohat uchun subsidiya ajratish tartibi ochiqlandi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini qaytarish mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.
Unda mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun subsidiya ajratish tartibi bayon etilgan.
Qayd etilishicha, subsidiyalanadigan aviaqatnovlar ro‘yxati maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi. Maxsus komissiya qarorida subsidiyalanadigan aviaqatnov amalga oshiriladigan yo‘nalish (marshrut) va amal qilish muddati, maxsus tarif belgilanadi. Subsidiya har oyda to‘lab borilishi ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, aviatashuvchilarga subsidiya respublikaning bir viloyati/shahridan ikkinchi viloyati/shahriga amalga oshirilgan aviaqatnovlar uchun havo kemasining tejamkor («econom») xizmat ko‘rsatish toifasi chipta narxining 25 foizi miqdorida ajratiladi.
Buning uchun aviatashuvchi har oy yakuni bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay Transport vazirligiga subsidiya ajratish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Muhokama joriy oyning 25 sanasiga qadar ochiq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter