Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud-huquq tizimida «Xalq vakillari hay’ati» instituti joriy etiladi

Sud-huquq tizimida «Xalq vakillari hay’ati» instituti joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va xalqqa qilgan Murojaatida islohotlar samaradorligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli ham muhim ekanini ta’kidladi.

Shu ma’noda, mud-huquq tizimini xalqqa yaqinlashtirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Qayd etilishicha, odil sudlov jarayonini «raqamli sud» konsepsiyasi asosida tashkil etish boshlandi. Endi tergovni ham raqamlashtirish orqali inson huquqlari himoyasi kuchaytiriladi.

Bunda jinoyat haqidagi arizani qabul qilishdan boshlab, ishni sudga o‘tkazishgacha bo‘lgan bosqichlarga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi va inson omili qisqartiriladi.

Mamlakatda tergov sudyalari ish boshlagani xalqaro tan olingan «Xabeas korpus» institutini qo‘llashning navbatdagi muhim bosqichi bo‘ldi. 2026 yildan tergov sudyalariga sanksiya va majburlov choralarini o‘zgartirish hamda bekor qilish vakolatlari ham beriladi.

Shuningdek, odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik ishtiroki va roli oshirib borilishi ta’kidlandi.

Endi jinoyat protsessiga ingliz huquqidagi davlatlarda ijobiy natija bergan «Xalq vakillari hay’ati» instituti bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Bunda o‘ta og‘ir va jamiyatda shov-shuvga sabab bo‘layotgan jinoyatlar jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘rib chiqilishi sud hukmining yanada adolatli bo‘lishiga xizmat qiladi.

«Sud qarorlari ijrosini so‘zsiz ta’minlamay turib, fuqaro va tadbirkorlar huquqining ishonchli tiklanishiga erishib bo‘lmaydi. Shu bois, majburiy ijro jarayoniga samarali muqobil mexanizmlarni ham kiritamiz», – dedi davlatimiz rahbari. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring