Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud oltin to‘p sohibini uy qamog‘idan ozod qilishni rad etdi

Sud oltin to‘p sohibini uy qamog‘idan ozod qilishni rad etdi

Foto: «Mbfs.com.ua»

Paragvay sudi 2002-yilda futbol bo‘yicha Jahon chempioni bo‘lgan Braziliya terma jamoasi vakili Ronaldinoni uy qamog‘idan ozod qilish haqidagi iltimosini rad etdi, deya xabar berdi «Frans Press» agentligi.

7-mart kuni Ronaldino bilan akasi Paragvay hududiga kirishda qalbaki pasportlardan foydalanganlikda gumon qilinib hibsga olingan. Aprelning boshida sudya Gustavo Amarilya 1,6 million dollar miqdorida garov evaziga Ronaldinoni uy qamog‘iga o‘tkazdi. O‘shandan beri sobiq futbolchi bilan akasi Asunson markazidagi mehmonxonada turishibdi.

Ushbu ish yuzasidan 18 kishi hibsga olingan, ularning aksariyati politsiya yoki immigratsiya xizmati xodimlaridir.

2019-yil yozdagi xabarga ko‘ra, sud Riu-Grandi-du-Sul shtati prokuraturasi to‘lashni talab qilgan jarima tufayli 40 yoshli Ronaldinoning Braziliyani tark etishini taqiqlab qo‘ygandi. Uni suvni muhofaza qilish hududida noqonuniy qurilish ob’yekti bilan aloqasi borligida ayblashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring