Sud tizimini sun’iy intellekt asosida raqamlashtirishga doir uchrashuv bo‘lib o‘tdi

9-sentyabr, seshanba kuni Oliy sud binosida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning mamlakat sudyalar hamjamiyati bilan konstruktiv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda barcha darajadagi rahbarlar va sudyalar ishtirok etdi.
Ta’kidlanishicha, Prezident Administratsiyasi oldiga qo‘yilgan beshta ustuvor vazifada sud islohoti muhim o‘rin tutadi.
«Sakkiz yil davomida Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan odil sudlov sohasidagi eng namunali xorijiy tajribani o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Prezidentimizning sud tizimini sun’iy intellekt asosida raqamlashtirish, sudlarga yengillik yaratish maqsadida nizosiz masalalarni notariuslarga o‘tkazish, sudyalarni tayyorlashni takomillashtirish to‘g‘risida yaqinda qabul qilingan farmonlari haqida so‘z yuritdik. Bu sohada eskirgan ta’lim tizimining o‘rnini egallaydigan Odil sudlov akademiyasi tashkil etildi», – deb yozadi Mirziyoyeva.
U, shuningdek, ochiq va oshkora muloqot uchun ishtirokchilarga minnatdorlik bildiradi va Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga yaqinda tayinlangan Alisher Usmonovni tabriklaydi.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter