Sud Trampning The New York Times gazetasiga qarshi da’vosini qaytardi

Sud Trampning The New York Times gazetasiga qarshi 15 milliard dollarlik da’vosini rad etdi.
Sudyaning aytishicha, Trampning da’vo arizasi qoidabuzarliklar bilan taqdim etilgan, prezidentning da’volari mohiyati aniq emas. Javobgar da’volarning mohiyati va mazmuni haqida aniq xabardor qilinishi kerak.
«Da’vo — raqibni haqoratlash va unga qahrli hujumlar qilish uchun minbar emas», — dedi sudya Stiven Merridey.
Merridey Trampga o‘z da’vo arizasini tuzatib qayta topshirishi uchun 28 kun muhlat berdi.
16-sentyabr kuni Donald Tramp The New York Times gazetasini sudga berishini ma’lum qilgandi. Aytishicha, gazeta «o‘nlab yillar davomida» u, uning oilasi, biznesi va umuman Amerika millati haqida yolg‘on tarqatib kelgan. Uning fikricha, nashr radikal so‘l Demokratik partiyaning dastagiga aylanib qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter