Sudan bosh vaziriga suiqasd qilindi
Sudan bosh vaziri Abdulla Hamdok suiqasddan omon qoldi. «Al-Jazira» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, mamlakat poytaxti Xartumda bugun portlash sodir etilgan. Hukumat rahbari portlashdan omon qolgan.
Mahalliy OAVga ko‘ra, Abdulla Hamdok portlashdan keyin xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Hukumat «Al-Jazira» agentligiga bosh vazir «xavfsiz joyda» ekanini tasdiqladi.
Hozircha birorta terrorchi tashkilot portlashni bo‘yniga olgani yo‘q. Eslatib o‘tamiz, yaqinda Qobulda Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdullaga suiqasd qilingani haqida ma’lumot berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter