Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudanda turk harbiy samolyoti o‘qqa tutildi

Sudanda turk harbiy samolyoti o‘qqa tutildi

Turkiya fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun Anqaradan uchgan samolyot qo‘nish oldidan Sudanda o‘qqa tutildi.

«Bizning fuqarolarni evakuatsiya qilish uchun uchgan S-130 samolyotimiz yengil turdagi qurollarda o‘qqa tutildi. Shunga qaramay samolyot muvaffaqiyatli qo‘ndirildi. Jabrlanganlar yo‘q, samolyot tegishlicha tekshiruvlardan o‘tkazilyapti», – deyiladi Turkiya Mudofaa vazirligi axborotida.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil oktyabrdagi davlat to‘ntarishidan beri Sudan generallar kengashi tomonidan boshqarib kelinayotgan edi. Joriy yil 15-apreldan esa generallar kengashining muhim a’zolari mamlakat qurolli kuchlar rahbari va mamlakatning amaldagi prezidenti general Abdul Fattoh al-Burxon va uning o‘rinbosari, Tezkor harakat kuchlari qo‘mondoni, general Mohamed Hamdan Dagaloning o‘zaro kelishmovchiligi ortidan mamakatda qurolli mojarolar boshlanib ketgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring