Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyalar oliy kengashi va AOKA o‘tkazgan tadbir AQSh elchisi e’tiborini tortdi

Sudyalar oliy kengashi va AOKA o‘tkazgan tadbir AQSh elchisi e’tiborini tortdi

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida huquqiy mavzuga ixtisoslashgan OAV vakillari va blogerlar uchun o‘quv-mashg‘uotlari tashkil etilgani xabari berilgandi.

 O‘z navbatida Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar unversiteti (O‘zJOKU) tadbir mavzusi («Sud va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi konstruktiv muloqot») muhim va dolzarbligi e’tiboridan uni faol qo‘llab-quvvatlashdan tashqari hamkorlar qatoriga qo‘shilganidan ham boxabarsiz.

Kuni kecha ikki haftaga mo‘ljallangangan o‘quv-mashg‘ulotlari nihoyasiga yetdi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ko‘ra, o‘quv-mashg‘ulotlar bevosita va bilvosita (onlayn) shaklida yo‘lga qo‘yilgani bois ishtirokchilar soni kutilganda ziyoda bo‘ldi. Zero, juda qisqa muddatda jami 45 nafar jurnalist va blogerlar jamlanib, sud protsesslarini yoritishning o‘ziga xos jihatlari borasida kasbiy malakasini oshirgani hazilikam gap emas. Barcha mashg‘ulotlar quruq ma’ruzabozlikdan xoli, bahs-munozalarga boy tarzda o‘tgani, o‘quv-dasturlariga ishtirokchilarning talab va istaklaridan kelib chiqib, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritib borilgani tadbir samaradorligini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

O‘quv-mashg‘ulotlarining oxirgi kunida «ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal» naqliga rioya qilinib, ishtirokchilarga sud protsesslarini bevosita kuzatish imkoniyati havola etildi. Jurnalist va blogerlarning Toshkent shahar iqtisodiiy sudiga tashrifi mobaynida e’tiborga molik ikkita holat yuz berdi. Ya’nikim, bitta sud protsessida ko‘rilayotgan nizoda tijorat siriga oid holat borligi uchun uzr aytilgan bo‘lsa, ikkinchisida tomonlardan biri jurnalist va blogerlar ishtirokiga e’tiroz bildirdi. Yakunda har ikki holatdayam «...OAV xodimlari ochiq sud majlisiga qo‘yilmadi» mazmunidagi iddaolarga hojat yo‘qligi tushunildi. O‘quv-mashg‘ulotlarning ilk hosilasi shu.

...Ishtirokchilarning o‘quv-mashg‘ulotlar o‘zlari uchun foydali bo‘lgani e’tirof etib, samimiy minnatdorchilikka to‘la gaplari tadbir tashkilotchilarining charchog‘ini chiqargani aniq. Shuningdek, Sudyalar oliy kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayevning tadbir yakunida rasmiyatchiliklarni bir chetga surib, ular bilan jo‘shqin muloqotga kirishgani esa mutasaddilar va OAV o‘rtasidagi ko‘rinmas pardalar ko‘tarilayotganidan dalolat. Zero, «...eshigimiz sizlar uchun doim ochiq», deya baland ohanglarda gapirish boshqa, ming bir yumushdan ortib, jurnalist va blogerlar bilan dildan suhbatlashish, hatto ular bilan selfiga tushish baribir boshqa ekan-da.

Aytgancha, AOKA direktori tadbirga kelishidan sanoqli soatlar avval AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazgani, unda bugun yakuniga yetayotgan o‘quv-mashg‘ulotlari elchixona e’tiborini tortganini eshitish yoqimli bo‘lganini ta’kidladi. Buyam katta gap. Sudyalar oliy kengashi raisining sud protsesslarini yoritishda ko‘rib chiqilgan ishlarning boshqalarga ibratli bo‘ladigan qirralariga ham e’tibor qaratish, tarbiyaviy ahamiyatiga alohida urg‘u berish maqsadga muvofiqligi, toki, o‘quvchi to‘g‘ri xulosaga chiqarishiga turtki bo‘lishi kerakligi mazmunidagi taklif-tavsiyalari ko‘plarga ma’qul keldi.

Tadbir yakunida, tabiiyki, ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.  Shuningdek, jurnalist va blogerlar uchun maxsus tayyorlangan amaliy qo‘llanma ham hadya etildi. Qo‘llanmada sud protsesslarini yoritishni tartibga soluvchi milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar o‘rin olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring