«Super kontrakt» uchun shartnomalar berish boshlandi
Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025 o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi.
Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:
- 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
- 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
- 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
- 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun to‘lov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:
- oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymati qo‘llaniladi;
- moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari bu yerda.
Bazaviy kontrakt miqdorlari bu yerda.
Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter