Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Supermarketda yo‘qotib qo‘yilgan 12 ming dollar egasiga qaytarildi

Supermarketda yo‘qotib qo‘yilgan 12 ming dollar egasiga qaytarildi

Foto: Unplash

AQShning Shrusberi shahrida yashovchi 71 yoshli Van Xa 12 ming dollar pulini mahalliy supermarketda yo‘qotib qo‘ydi, bolalariga atab yig‘ib yurgan pulini qarovsiz qoldirishdan xavotirlanib doim yonida olib yurgan ekan.

Pulini yo‘qotgan ayol

Pullari yo‘qolganini uyiga kelib payqagan ayol, o‘zi inglizcha gaplasha olmagani uchun, jiyani bilan supermaketga qaytib boradi. Hammayoqni qarashdi, do‘kon menejeri kuzatish kameralari yozuvlarini sinchiklab tekshirsa ham bir naf chiqmadi.

Tarvuzlari qo‘ltiqlaridan tushib, mashinaga o‘tirib endi qaytmoqchi bo‘lib turishganida, supermarket menejeri ko‘chaga yugurib chiqib, quvonchli xabarni yetkazdi: kimdir pul topib olibdi, egasiga bermoqchi ekan.

Pul solingan paketni topib olgan erkak o‘zini Skip deb tanishtirgan. Ayol quvonganidan 300 dollarni suyunchisiga berib yubordi.

Pullarni egasiga qaytargan erkak (chapda)

«Bilmadim, shunday ibrat ko‘rsatadigan odamlar yana qancha topilarkan. Ammo bu dunyoda yaxshi insonlar hamon borligi rost», — dedi supermarket boshqaruvchisi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring