Suriya 14 yil ichida birinchi marta xorijga neft sotdi

Suriya 14 yil ichida birinchi marta xorijga neft sotdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Savdo kompaniyasi bilan kelishuv doirasida xorijga 600 ming barrel xom neft jo‘natildi. Aniqlik kiritilishicha, joriy yilning avgust oyida AQShning cheklovlari bekor qilinishi bilan eksportni tiklash mumkin bo‘ldi.
Suriya energetika vazirligi ushbu qadam neft sektorini jonlantirish va mamlakatning jahon kompaniyalari bilan hamkorlik ufqlarini kengaytirish uchun muhim ekanligini ta’kidladi. Yaqin kunlarda yangi eksport yetkazmalari amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda inqiroz boshlangan va G‘arb sanksiyalari joriy etilgan 2011-yildan buyon Suriya chet elga neft eksport qilmagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter