Suriya banknotlarini BAA va Germaniyada chop ettirmoqchi

Suriya banknotlarini BAA va Germaniyada chop etishni rejalashtirmoqda. Mamlakat milliy valyutasi o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida Rossiyada bosib kelingan.
Reuters manbasiga ko‘ra, Suriya rasmiylari banknotlarni bosib chiqarishni BAA va Germaniyaga ko‘chirish imkoniyatlarini ma’lum vaqtdan beri o‘rganmoqda. Yevropa Ittifoqi fevral oyida Damashqqa qarshi sanksiyalarni yumshatganidan so‘ng rasmiylarning bu yo‘nalishdagi harakatlari kuchaygan.
Xabar qilinishicha, ikki nemis kompaniyasi allaqachon Suriya funtlarini chop etishga qiziqish bildirgan. Ular davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Bundesdruckerei va Giesecke+Devrient xususiy korxonalaridir.
Suriyaning yangi ma’muriyati, shuningdek, banknotlardan Suriyaning sobiq prezidenti Bashar al-Assad portretini olib tashlab, Suriya funtining dizaynini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Rossiya 2012-yildan Suriya banknotlarini chop etishni boshlagan. Ilgari Suriya funtlarini bosib chiqarish Avstriya kompaniyasi tomonidan amalga oshirilardi. Shartnoma Yevropa Ittifoqining Suriyadagi fuqarolar urushi ortidan kiritgan sanksiyalari tufayli bekor qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter