Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyada jangovar harakatlarda qatnashgan o‘zbekistonlik tutib keltirildi

Suriyada jangovar harakatlarda qatnashgan o‘zbekistonlik tutib keltirildi

Suriyadagi terroristik tashkilotlardan biri a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, 1995-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan X.M. xorijda mavsumiy ishlagan davrida Internet tarmog‘i orqali xalqaro terroristik tashkilotlar a’zolari bilan doimiy aloqada bo‘lgan.

Ularning ta’sirida 2019-yilda Suriyaga borib, «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti safiga qo‘shilgan hamda jangovar harakatlarda qatnashgan.

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida X.M. xorijda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.

Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring