Suriyadagi urush yangi bosqichga o‘tishi mumkin

IShID jangarilari bilan jang chog‘ida berilgan aviazarbalardan so‘ng havoga tutun ko‘tarilmoqda. Mo‘sul, Iroq. 2017-yil 1-mart
«Frans 24» telekanali jurnalisti va terrorlog Vassim Nasr Suriya hududining IShID terrorchilaridan tozalangani hali tashkilot butunlay yo‘q qilib yuborilganini anglatmasligini aytdi. Bu haqda Fransiyaning «Europe1» radiosi xabar berdi.
Kuni kecha Fransiya prezidenti Emmanuel Makron «Frans 24» telekanaliga bergan intervyusida Suriyadagi urush fevral oyining o‘rtalariga borib nihoyasiga yetishini aytib o‘tgan, bir necha kun oldin esa Iroq bosh vaziri mamlakat hududi terrorchilardan tozalanganini e’lon qilgan edi. Lekin Nasrning fikriga ko‘ra Suriya hududida tashkilot ustidan qozonilgan g‘alaba, tashkilotning tugatilganini anglatmaydi. «Urush uzoq davom etishi mumkin bo‘lgan yangi bosqichga o‘tishi mumkin» deya Iroqda sodir bo‘layotgan bugungi voqealarni misol qilib keltirdi u.
«Iroqda IShID ustidan g‘alaba qozonilgani aytilgan bo‘lsada, tashkilot a’zolari hamon bu davlatda qolmoqda. Bugun ular Mo‘sulning janubida portlash sodir etishdi, shuningdek Bag‘dod shimolida ham portlash sodir bo‘ldi. Bu hol Suriyada ham davom etishi mumkin, ular partizanlik urushiga o‘tib olishlari ehtimoli bor. Bu esa vaziyatni murakkablashtiradi. G‘arb davlatlaridagi ichki terroristik xavfi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Chunki, tashkilot u yerlardagi kishilarni o‘zining nomidan harakatlanishga majburlab keladi» degan ekspert.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter