Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda erkak tanish ayolining 150 million so‘mlik tillasini o‘g‘irladi

Surxondaryoda erkak tanish ayolining 150 million so‘mlik tillasini o‘g‘irladi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida erkak o‘zi birga yashagan ayolning 150 mln so‘mlik taqinchoqlarini o‘g‘irladi.

Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Tuman IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga ko‘ra, tumanning «Neloba» mahallasida yashovchi, B. Begoyim (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bergan. Unda ayol 2021-yil avgust, sentyabr oylarida yashash uyidan o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan, shu tumanda yashovchi, T.Sobir uning uyida vaqtincha yashab kelib 150.000.000 (bir yuz ellik million) so‘mlik har xil tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu o‘g‘irlikni T. Sobir sodir etgani aniqlanib, ashyoviy dalillar olingan. Mazkur holat yuzasidan T. Sobirga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (O‘g‘rilik) «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring