Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv omborining o‘pirilishi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishidagi moddalar bo‘yicha qanday javobgarlik belgilangan?

Suv omborining o‘pirilishi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishidagi moddalar bo‘yicha qanday javobgarlik belgilangan?

Joriy yil 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori o‘pirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan JKning 207-moddasi 1-qismi va 258-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar qilingan edi.

Ushbu moddalarga ko‘ra qanday javobgarlik belgilangani haqida ma’lumot berildi.

207-modda. Mansabga sovuqqonlik bilan qarash

Mansabga sovuqqonlik bilan qarash, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi oqibatida ularni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.


258-modda. Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish

Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —

muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Eslatib o‘tamiz, jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini olib borish DXX organlariga yuklatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring