Suv toshqini qurbonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

20 aprel Forish tumanidagi «Egizbuloq» qishlog‘iga kuchli sel toshqini kelgani va unda 4 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Jizzax viloyat prokuraturasi hodisa yuzasidan qo‘shimcha bayonot berdi.
Aytilishicha, shu hududda yashovchi 4 nafar shaxslar vafot etgan, 1 nafari bedarak yo‘qolgan va 6 nafari turli darajada tan jarohati olgan.
Shuningdek, sel toshqini natijasida 53 ta turar joy va ularning yordamchi xo‘jalik binolariga zarar yetgan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bedarak yo‘qolgan shaxs suvga cho‘kishi natijasida vafot etganligi aniqlanib, uning murdasi topildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter