Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Svetlana Xon: «Grand» radiosi Rustam Madumarovga tegishli emas»

Svetlana Xon: «Grand» radiosi Rustam Madumarovga tegishli emas»

Foto: «Human.uz»

Joriy yil 1 may kuni internet nashrlarida Rustam Madumarov (Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i) ga tegishli 7 milliard so‘mdan ortiq mulk auksionga qo‘yilgani haqida ma’lumotlar berildi. «Human.uz» saytida bu borada maqola e’lon qilindi.

Jumladan, O‘zA nashri e’lon qilgan materialda «Yagona elektron savdo maydonchasida Toshkent shahrida joylashgan yirik firma – "EDEL VEYS-ALI" mas’uliyati cheklangan jamiyati fondidagi yuz foiz ulushi, debitor-kreditorlari va boshqa turdagi barcha mol-mulklari bilan bilan auksionga qo‘yilgan», deyiladi.

e-auksion.uz da ob’yektning suratlari joylashtirilgan bo‘lib, unda firmaga tegishli Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi 15-uyda joylashgan ofis (jihozlari bilan) va avtomobillar ham ko‘rsatilgan.

«EDEL VEYS-ALI» ma’suliyati cheklangan jamiyatga 101.5 FM to‘lqinida joylashgan «Radio Grand» radiosi tegishli, deb xabar berildi. Qizig‘i, savdoga qo‘yilgan radio ayni paytda ham faoliyat yuritmoqda.

Xo‘sh, radio chindan ham Rustam Madumarovga tegishlimi?

Biz mazkur masala yuzasidan tug‘ilgan ayrim savollarga javob topish maqsadida «EDELVEYS-ALI» MChJ direktori Svetlana Xonga yuzlandik.

Uning aytishicha, “Grand” «Barselona» radiosi 1997 yilda efirga chiqqan. O‘sha paytda u Alisher Toshxo‘jayevga tegishli bo‘lgan. 2002 yilda esa Xon Svetlana «EDELVEYS-ALI» MChJ va «Grand» radiosining to‘liq muassisi va direktoriga aylanadi.

2008 yilga kelib, u aksiyalarining 26 foizini Gulnora Karimovaning vakiliga shundayligicha berib yuborgan. To‘g‘rirog‘i, unga tazyiq o‘tkazilgani uchun shunga majbur bo‘lgan. Shunday qilib, yil yakunlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanganda, Sablina Larisa ismli ayol o‘zining tegishli ulushini olib kelavergan.

2013 yilga kelib, Gulnora Karimovaning yuristlari S. Xon bilan bog‘lanib, endi sheriklik huquqini boshqa kishiga o‘zgartirish kerakligi haqida ko‘rsatma beradi. Shu tariqa Sablina Larisaning 26 foizlik ulushi Yemelyanova Irina nomiga rasmiylashtiriladi.

Bu orada radio faoliyati bilan bog‘liq ishlarni hal etish vazifalari turganda I. Yemelyanova muassislar yig‘ilishlariga umuman kelmaydi. Unga yashayotgan manzil bo‘yicha qayta-qayta taklifnomalar jo‘natilganiga qaramay, to‘rt yil davomida umuman ko‘rinish bermaydi. Bora-bora u o‘sha yerda istiqomat qilmasligi ayon bo‘ladi.

2017 yilda Svetlana Xon I. Yemelyanovani sud tartibida muassislar tarkibidan chiqarib tashlab, MChJ aksiyalarining qonuniy asosda yuz foizlik sohibiga aylanadi.

2018 yil 25 mayda esa Svetlana Xonga MIB xodimlari qo‘ng‘iroq qilib, unga tegishli ob’yektda baholash ishlari olib borilishini ma’lum qiladi. Svetlana vaziyatga oydinlik kiritish uchun MIBga kelganda unga Toshkent viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha sudining 2015 yil 20 iyuldagi qarori bilan «EDEL VEYS-ALI» MChJning barcha aktivlari Rustam Madumarovga tegishli deb topgani haqidagi qog‘ozni tutqazishadi.

Svetlana Xon bunga e’tiroz bildirib bir necha bor sudga murojaat etadi, lekin bari foydasiz. Bosh prokuratura va Xalq qabulxonasiga qilgan murojaatlari ham besamar ketadi. U o‘zi ishtirok etmagan, butunlay bexabar bo‘lgan sud jarayonida qanday qilib R. Madumarov xususiy firma egasi bo‘lib qolgani haqidagi materiallar bilan tanisha olmayapti. Unga ma’lum qilishlaricha, bu materiallar taqdim etilmaydi va ular sirli. «Qayoqqa borsang, bor» qabilida ish tutilmoqda...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring