Tadbirkor kredit qarzdorligi sabab «zapravka»sidan ayrilyapti

Farg‘onada yirik kredit qarzdorligi bo‘yicha ijro ishi boshlandi. Bu safar Oltiariq tumanidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shaxobchasi (AYoQSh) xatlandi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 2024-yil 25-dekabrdagi qaroriga asosan, «MB.O.» MChJdan «Davr bank» foydasiga 1 mlrd 139 mln so‘m kredit qarzdorligi undirilishi belgilangan.
Ushbu yirik qarzni qoplash maqsadida, ijro hujjati bo‘yicha garovga qo‘yilgan va qo‘shimcha javobgar M.P.ga tegishli bo‘lgan mulkka e’tibor qaratildi.
Mazkur AYoQSh bino va inshootlari ro‘yxatga olinib, xatlandi. Endilikda Majburiy ijro byurosi tomonidan qarzni undirish maqsadida bu mulkni auksionga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter