Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorga 1,3 mlrd so‘m jarima qo‘llanilmaydigan bo‘ldi

Tadbirkorga 1,3 mlrd so‘m jarima qo‘llanilmaydigan bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida ro‘yxatdan o‘tgan «Saodat» (nomi o‘zgartirilgan) MChJ rahbari inspeksiya tomonidan jarima qo‘llash to‘g‘risida sudga murojaat qilinganidan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmandan yordam so‘radi.

Aniqlanishicha, tadbirkor Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan tekshiruv natijasi bo‘yicha berilgan ko‘rsatma talablarini to‘liq bajarib, bu haqida nazorat qiluvchi organni xabardor qilgan.

Shunga qaramay, tegishli muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan davrda mahsulot realizatsiya qilinganligi sababli tadbirkorga umumiy summaning 50 foizi – 1,3 mlrd so‘m miqdorda moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida sudga ariza kiritgan.

Vaholanki, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 40-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlari nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlar natijalari bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajargan, shuningdek, belgilangan muddatlarda va to‘la hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan, penya to‘lagan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmaydi.

Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan tadbirkorning huquqlari sudda himoya qilinishi natijasida 20.08.2024 yilda sud inspeksiyaning arizasini rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qildi va tadbirkorga 1,3 mlrd so‘m jarima ko‘llanilmaydigan bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring