«Tajen» («Dovut-ota») postidagi cheklovlar yana 4 oyga uzaytirildi

Qozog‘istonning «Tajen» (O‘zbekistonning «Dovut-ota») chegara o‘tkazish punkti orqali shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakati bo‘yicha joriy yil 1-fevral sanasidan kiritilgan cheklovlar yana 4 oy muddatga (2025-yilning 1-sentyabriga qadar) uzaytirildi.
Qayd etilishicha, cheklov muddatining uzaytirilishi mazkur o‘tkazish punktlarida muhandislik tarmoqlarini yotqizish, binolarni kapital ta’mirlash, metall konstruksiyalarni o‘rnatish kabi keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi bilan bog‘liq.
Cheklov Qozog‘iston Respublikasi tomonidan jismoniy shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini ta’minlash, qurilish va rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish maqsadida joriy etilgan.
Ma’lumot uchun, ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari mazkur chegara o‘tkazish punkti orqali harakatni amalga oshirishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter