Talabalar ham onlayn o‘qib turadi
Koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqalishi yuqoriligini e’tiborga olgan holda barcha oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda joriy yilning 24 yanvaridan bir oy muddat davomida ta’lim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi.
Bunda tajribadan kelib chiqqan holda onlayn ta’lim jarayoni sifatli tarzda tashkil etilib, barcha zarur resurslar safarbar etiladi.
Temiryo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolinadi va 2022 yil 24 fevralga qadar avia va temiryo‘l chiptalari bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.
Avvalroq maktablardagi o‘qish ham onlayn tartibga o‘tkazilgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter